Jahon

Avstriya muhojirlarni qabul qilishdan voz kechishi mumkin

Avstriya 2026-yildan boshlab migrantlar oilalarini mamlakatga kiritish to‘liq taqiqlamoqchi.

Avstriya muhojirlarni qabul qilishdan voz kechishi mumkin

 

Avstriya hukumati muhojirlarning 2026-yil o'rtalarida oila bilan birlashish huquqini butunlay cheklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat kansleri Kristian Shtoker va ichki ishlar vaziri Gerxard Karner Financial Times gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

 

Rasmiylar ta’kidlashicha, Avstriyada muhojirlar oqimi mamlakatning ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar tizimiga katta bosim qilmoqda. Shu sababli hukumat migrantlarning qarindoshlari bilan birlashishiga cheklov qo‘yuvchi kvotalar joriy etishni rejalashtirmoqda. “Bu kvota nolga teng bo‘lishi ham mumkin”, — dedi Karner.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Avstriya maktablarida nemis tilini bilmaydigan bolalar soni keskin oshgan, bu esa ta’lim tizimining sifatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, rasmiylar muhojir bolalar, ayniqsa Suriyadan kelganlar orasida jinoyatchilik darajasi oshganini qayd etishdi. So‘nggi besh yil ichida ular tomonidan mingga yaqin qonunbuzarlik holati aniqlangan.

 

Biroq bu tashabbus Yevropa Ittifoqidagi inson huquqlarini himoya qilish tamoyillari bilan ziddiyatga boradi. Qochqinlar va ularning oilalarini birlashtirish huquqi Yevropa Inson huquqlari konventsiyasi tomonidan kafolatlangan.

 

Shunga qaramay, 22-may kuni Avstriya va yana sakkizta Yevropa davlati Yevropa Inson huquqlari sudini konventsiyani “haddan tashqari keng talqin qilayotganlikda” tanqid qilib, jinoyat sodir etgan muhojirlarni chiqarib yuborishni soddalashtirishga chaqirgan edi.

 

Avstriya hukumati avvalroq, 12-mart kuni, ayniqsa Suriya va Afg‘onistondan kelgan qochqinlar oqimi sababli oilalarni birlashtirish huquqini vaqtincha to‘xtatgan edi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2023-yilda ushbu dastur orqali 9,300 kishi, 2024-yilda esa 7,800 kishi mamlakatga kirgan.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Avstriya muhojirlarni qabul qilishdan voz kechishi mumkin | Zamon.uz