Fransiyada elektr ta'minoti uzildi
Oxirgi uzilish deyarli 50 ming kishini elektrsiz qoldirgan edi.

Fransiyaning janubidagi Nitssa shahrida elektr ta'minoti vaqtincha uzilib qoldi. Bu holat 25-may kuni shaharning g‘arbiy qismida joylashgan transformator stansiyasida yuzaga kelgan yong‘in bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Le Figaro nashrining yozishicha, janubiy Fransiyada ketma-ket sodir bo‘lgan ikkita yirik elektr uzilishi holati mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergov qilinmoqda. Mutasaddilar ushbu hodisalar ortida qasddan qilinayotgan harakatlar bor-yo‘qligini o‘rganmoqda.
Fransuz OAV ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi uzilish deyarli 50 ming kishini elektrsiz qoldirgan. Ayni paytda elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.







