Jahon

Tramp va uning oilasiga qarshi tergov boshlanishi mumkin

2026-yil saylovlaridan keyin Trampga siyosiy bosim kuchayishi mumkin.

Tramp va uning oilasiga qarshi tergov boshlanishi mumkin

 

Agar Demokratlar partiyasi 2026-yilgi oraliq saylovlarda AQSh Kongressining kamida bitta palatasida ko‘pchiliknining ovozini qo‘lga kiritsa, partiya prezident Donald Tramp va uning oilasiga nisbatan tergov boshlash niyatida ekanligi bildirildi. Bu haqda Kongress vakili Jasmin Krokett ma’lum qildi.

 

Krokettning so‘zlariga ko‘ra, tergovning markaziy nuqtasida Trampning Qatar qirollik oilasidan Boeing 747 samolyoti kabi qimmatbaho sovg‘ani qabul qilganiga oid holat bo‘ladi. Unga ko‘ra, demokratlar ushbu harakat orqali prezident qonunni buzgan-buzmaganini aniqlamoqchi.

 

Shuningdek, Tramp va u bilan bog‘liq shaxslar tomonidan tuzilayotgan biznes bitimlari ham sinchiklab o‘rganiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, 14-may kuni Donald Tramp yangi Boeing 747 samolyoti AQSh harbiy-havo kuchlariga yetkazib berilishini e’lon qilgan edi. U ushbu samolyot “shaxsan menga sovg‘a emas”, balki vaqtincha Air Force One sifatida foydalanilishi uchun berilganini ta’kidlagan. “Bunday sovg‘ani faqat ahmoq rad etadi”, — degan edi Tramp hazil aralash izohda.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Tramp va uning oilasiga qarshi tergov boshlanishi mumkin | Zamon.uz