Saudiya Arabistoni spirtli ichimliklarga taqiqni bekor qilmaydi
Mavjud qonun 73 yildan beri amal qiladi.

Saudiya Arabistoni hukumati mamlakatda 73 yildan beri amal qilib kelayotgan spirtli ichimliklarga bo‘lgan taqiqni bekor qilish rejalari mavjud emasligini ma’lum qildi.
Bu bayonot avvalroq 2034-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik doirasida spirtli ichimliklarni nazorat ostida sotishga ruxsat berilishi mumkinligi haqidagi xabarlarga javoban berildi.
Ilgariroq ayrim ommaviy axborot vositalarida 2026-yildan boshlab sayyohlik hududlarida pivo va sharob kabi mahsulotlarni iste’mol qilishga ruxsat berilishi rejalashtirilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq rasmiy doiralar bu ma’lumotlarni rad etdi va taqiq amalda qolishini tasdiqladi.







