Yaponiyada ko‘k yo‘tal bilan kasallanish holatlari keskin oshmoqda
Yaponiyada bir haftada 2,299 kishi ko‘k yo‘talga chalingan.

Yaponiyada ko‘k yo‘tal (bo‘g‘ma yo‘tal) bilan kasallanish holatlari jiddiy darajada ko‘paymoqda.
2024-yil boshidan beri mamlakat bo‘ylab ushbu yuqumli kasallik bilan 19,300 dan ortiq holat qayd etilgan bo‘lib, bu 2019-yildagi ko‘rsatkichdan qariyb 2,400 taga ko‘pdir.
So‘nggi haftada, ya’ni 12–18 may kunlari, ko‘k yo‘tal bilan kasallanganlar soni 2,299 kishini tashkil etdi. Bu avvalgi haftadagi ko‘rsatkichdan 507 taga ko‘proq.
Infeksiya holatlari eng ko‘p Hyogo, Chiba, Niigata va Fukuoka prefekturalarida, shuningdek, poytaxt Tokio shahrida qayd etilgan.
Mutaxassislar ota-onalarni bolalarni emlash bo‘yicha belgilangan jadvalga amal qilishga va profilaktik choralarni kuchaytirishga chaqirmoqda.







