AQShda talaba vizasini olish qiyinlashmoqda
Talaba vizasi olish uchun endi ijtimoiy tarmoqlar ham tekshiriladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati talaba vizasi bo‘yicha yangi suhbatlarni to‘xtatdi.
Tramp boshchiligidagi ma’muriyat xalqaro talabalar uchun vizalarni rasmiylashtirish jarayonida yangi choralarni joriy qilmoqda. Politico nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bu o‘zgarishlar abituriyentlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini majburiy tekshirish tartibi bilan bog‘liq.
Yangi tartibga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda tahsil olish istagini bildirgan xorijiy nomzodlardan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari orqali qo‘shimcha xavfsizlik tekshiruvlaridan o‘tish talab qilinadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu holat vizalarni berish jarayonining sezilarli darajada kechikishiga olib kelishi mumkin.







