Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 millionga yetdi
Ularning uchdan bir qismi ukrainaliklar.

Germaniyada qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi. Ulardan deyarli har uchinchi kishi — Ukraina fuqarosi. Bu haqda Federal hukumat Bundestagdagi chap partiya fraksiyasi ma'lumot bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil davomida Germaniyada ro‘yxatdan o‘tgan qochqinlar soni aynan shuncha bo‘lgan. Chap qanot deputati Klara Bungerning aytishicha, o‘tgan yili mamlakatga 124 mingga yaqin qochqin kelgan, ularning 108 ming nafari ukrainaliklar bo‘lgan. Umuman olganda, Germaniyada hozir 1,2 millionga yaqin ukrainalik qochqin maqomida yashamoqda.
Germaniyadagi qochqinlarning taxminan 710 ming nafari Jeneva konvensiyasi asosida himoyada. 43 ming kishi esa rasman boshpana olish huquqiga ega deb tan olingan. Shuningdek, 197 ming kishini, jumladan Afg‘onistondan kelgan 130 mingga yaqin kishini deportatsiya qilish taqiqlangan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 200 mingga yaqin odam Germaniyani tark etishi kerak, ammo ularning 178 ming nafari hozircha vaqtincha mamlakatda qolmoqda.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Germaniyaning qochqinlar siyosatini qayta ko‘rib chiqish zarurati ortib bormoqda, chunki ijtimoiy infratuzilma va qabul markazlari katta bosim ostida qolmoqda.







