Jahon

Olimlar Afrika yerlarini qurg'oqchilikdan qutqarish yo'lini topdi

Sug‘orish tizimlari Afrikaning agrar inqiroziga yechim bo‘ladi.

Olimlar Afrika yerlarini qurg'oqchilikdan qutqarish yo'lini topdi

Afrikada sug‘orish imkoniyatlari yuqori bo‘lishiga qaramay, qit’adagi qishloq xo'jaligining aksariyat qismi hali ham yomg'irga bog'liq va iqlim o'zgarishiga qarshi himoyasiz bo'lib qolmoqda. Bu holat oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirayotgani sabab, BMT universiteti rahbarligidagi Suv, atrof-muhit va sog‘liqni saqlash instituti (UNU-INWEH) bir qator xalqaro hamkorlar bilan birgalikda Afrika Ittifoqi uchun yangi tahliliy hisobotni e’lon qildi.

 

Xabarlarga ko‘ra, hujjatda qit’a bo‘ylab sug‘orish tizimlarini kengaytirish iqlim xavfiga moslashish va hosildorlikni oshirish yo‘lida muhim qadam sifatida ko‘rsatilgan. Biroq, ekspertlar bu jarayon ekologik, ijtimoiy va boshqaruv jihatlarini hisobga olgan holda olib borilishi kerakligini ta’kidlamoqda. Xususan, landshaftning o‘zgarishi, suv ifloslanishi, mahalliy hokimiyat tuzilmalaridagi o‘zgarishlar va suv resurslaridan adolatli foydalanish kabi masalalar alohida qayd etilgan.

 

“Barqaror sug‘orish faqat hosildorlik haqida emas. Bu — odamlar va tabiatga foyda keltiruvchi adolatli va barqaror oziq-ovqat tizimlarini shakllantirish haqida”, — dedi loyiha rahbari, professor Tafadzva Mabhaudhi.

 

Strategiyani ishlab chiqqan Afrika Ittifoqi komissiyasi esa suv resurslarini boshqarishda tizimli va izchil yondashuvni taklif qilmoqda. Mutaxassislar bu strategiyani qit’a agrar sektorini isloh qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda burilish nuqtasi sifatida ko‘rmoqda.

 

UNU-INWEH direktori, professor Kaveh Madanining ta’kidlashicha, “suv, energiya va ekologik tizimlar bo‘yicha kompleks yondashuv Afrikaning agrar salohiyatini ochish va iqlimiy zaifliklarni kamaytirishning asosiy kalitidir”.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Olimlar Afrika yerlarini qurg'oqchilikdan qutqarish yo'lini topdi | Zamon.uz