Jahon

Qozog‘istonda kelinni o‘g‘irlash marosimi fojia bilan yakunlandi

Avtohalokat natijasida kelin vafot etgan.

Qozog‘istonda kelinni o‘g‘irlash marosimi fojia bilan yakunlandi

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida kelinni o‘g‘irlash marosimi vaqtida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida qiz vafot etdi.

 

Hodisa BAKAD — katta Olmaota halqa avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Mercedes-Benz rusumli avtomobil KIA bilan to‘qnashib, ag‘darilgan. Avariya natijasida salonda bo‘lgan kelin hodisa joyida halok bo‘lgan.

 

Mashinada bo‘lgan yana uch kishi, jumladan kuyov ham jarohatlangan. Avtomobil haydovchisi hibsga olingan va hozirda tergov izolyatorida saqlanmoqda. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

 

Qozog‘istonda so‘nggi yillarda kelin o‘g‘irlash an’anasiga qarshi kurash kuchaymoqda. May oyida parlament deputati Murat Abenov nikohga majburlash jinoyatini alohida modda sifatida belgilash va yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etishni taklif qilgan edi. Deputatning ta'kidlashicha, mavjud qonunchilik barcha holatlarni to‘liq qamrab ololmayapti, ko‘plab shikoyatlar esa sudgacha yetib bormaydi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Qozog‘istonda kelinni o‘g‘irlash marosimi fojia bilan yakunlandi | Zamon.uz