Rossiya olimlarini yo‘qotmoqda
Uch yil ichida minglab mutaxassislar mamlakatni tark etdi.

So‘nggi uch yil ichida Rossiyada ilm-fan sohasida xavotirli tendensiya yuzaga keldi — olimlar ketmoqda. 2022–2024-yillar oralig‘ida har yili Scopus bazasidagi rossiyalik tadqiqotchilarning 0,8 foizi mamlakatni tark etgani aniqlangan. Bu — so‘nggi chorak asrdagi eng katta ko‘rsatkich bo‘lib, “aql oqimi” deb ataladigan muammoning qanchalik chuqurlashganini ko‘rsatadi.
Olimlar, ayniqsa, fundamental fan vakillari — fiziklar, matematiklar, astronomlar hamda axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar eng ko‘p chiqib ketayotgan qatlam hisoblanadi. Ularning ko‘pchiligi o‘z ishiga munosib sharoit, barqaror moliyaviy ta’minot va ilmiy erkinlikning yo'qligi sabab davlatni tark etishgan. Bu imkoniyatlar esa hozirda Germaniya, AQSH va Shvetsariyada ko‘proq mavjud.







