Shaytanat serialidagi “Manukyan” vafot etdi
U Gorkiy nomidagi Toshkent rus drama teatri sahnasida faoliyat olib borgan.

O‘zbek tomoshabinlariga “Shaytanat” serialidagi Manukyan obrazi orqali yaxshi tanish bo‘lgan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, rejissyor va pedagog Mixail Kaminskiy 71 yoshida vafot etdi.
San’atkor 1953 yilda tug‘ilgan. U o‘zining boy ijodiy faoliyati davomida Rus yosh tomoshabinlar teatri hamda Gorkiy nomidagi Toshkent rus drama teatri sahnasida faoliyat olib borgan.
1998 yildan boshlab “Aladdin” teatrining badiiy rahbari, 2022 yildan esa VGIK — Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filialida aktyorlik ustaxonasining rahbari sifatida yosh avlodga saboq bergan.
Mixail Kaminskiyning o‘zbek san’atiga qo‘shgan hissasi yodda qoladi.







