Tokio Garvarddagi xalqaro talabalarni qabul qilishga tayyorligini bildirdi
Garvarddagi xalqaro talabalar uchun Yaponiya vaqtinchalik boshpanaga aylanmoqda.

Yaponiya hukumati AQShning Garvard universitetiga qo‘ygan yangi cheklovlariga javoban, o‘z universitetlariga ushbu muassasadagi xalqaro talabalarni vaqtincha qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishni tavsiya qilmoqda. Bu haqda Yaponiya ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vaziri Toshiko Abe ma’lum qildi.
“Biz iste’dodli va ambitsiyali yoshlar uchun ta’lim olish imkoniyatini ta’minlashni istaymiz. Shu sababli tegishli muassasalar bilan hamkorlikka tayyormiz”, — dedi vazir.
26-may kuni Tokio universiteti bu tashabbusni jiddiy o‘rganayotganini e’lon qildi. Hozirda Garvardda 110 nafar yapon talabasi tahsil olmoqda, shuningdek, 150 nafar yaponiyalik tadqiqotchi faoliyat yuritmoqda.
Mazkur vaziyat AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining Garvard universitetiga xalqaro talabalarni qabul qilishga ruxsat berishni to‘xtatgan qaroridan keyin yuzaga kelgan. AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem bu qarorni talabalar shaharchasida zo‘ravonlik va antisemitizmga nisbatan murosasizlik, hamda universitetning Xitoy Kommunistik partiyasi bilan aloqalari bilan izohladi.
Natijada, hozirda Garvardda tahsil olayotgan chet ellik talabalar boshqa oliy o‘quv yurtlariga ko‘chishga majbur bo‘lmoqda. Garvard esa bunga javoban Boston federal sudiga da’vo arizasi topshirdi.







