Yevropa qayta qurollanmoqda
Yevroittifoq 150 milliard yevrolik harbiy fondni ma’qulladi.

Yevropa Ittifoqi Kengashi Yevropani qayta qurollantirish uchun 150 milliard yevro miqdoridagi fondni yaratish bo‘yicha qarorni yakuniy tarzda ma’qulladi.
“Yevropa xavfsizligi uchun harakatlar” deb nomlangan dastur, asosan, Ittifoqning AQSh kabi tashqi davlatlarga harbiy texnika borasidagi qaramligini kamaytirishga qaratilgan. U Yevropa harbiy sanoatini mustahkamlash, qurol-yarog‘ ishlab chiqarishni ichki bozorda faollashtirishni nazarda tutadi.
Yangi mexanizm Yevroittifoqning barcha 27 davlati bilan bir qatorda Ukraina va Norvegiyaga ham tegishli bo‘ladi. Dastur doirasida harbiy mahsulotlar xaridi uchun maxsus kredit tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu tashabbus xavfsizlik muammolari kuchaygan bir davrda Yevropa mudofaa salohiyatini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.







