Jahon

AQSh xitoylik talabalar vizalarini bekor qilmoqda

AQSh xitoylik talabalar va dasturiy ta’minotga qarshi choralar ko‘rmoqda.

AQSh xitoylik talabalar vizalarini bekor qilmoqda

AQSh hukumati Xitoy fuqarosi bo‘lgan ba’zi talabalar uchun vizani berish tartibini qat’iylashtirmoqda va ayrim hollarda vizani butunlay bekor qilishi mumkin. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

 

Rubioning so‘zlariga ko‘ra, yangi cheklovlar asosan Xitoy Kommunistik partiyasi bilan aloqador yoki strategik sohalarda tahsil olayotgan talabalarni qamrab oladi.

 

Shuningdek, u AQSh Gonkongdan kelayotgan arizachilar uchun ham viza siyosatini qayta ko‘rib chiqayotganini ta’kidladi. Yangi qoidalar asosida viza rasmiylashtirish jarayonida yanada chuqurroq xavfsizlik tekshiruvlari o‘tkaziladi.

 

Bundan tashqari, AQSh ma’muriyati Xitoyning yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarishida foydalaniladigan dasturiy ta’minotga kirishini cheklash bo‘yicha ham choralar ko‘rishni rejalashtirmoqda.

 

Mutaxassislarning fikricha, bu qaror AQSh va Xitoy o‘rtasidagi texnologik va ta’lim sohalaridagi keskin raqobatning yana bir ko‘rinishi sifatida baholanishi mumkin.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

AQSh xitoylik talabalar vizalarini bekor qilmoqda | Zamon.uz