Jahon

Endi Nyu-York–Parij parvozi 1 soatga ham bormaydi

Stargazer samolyoti aviatsiyaga yangi davr olib keladi.

Endi Nyu-York–Parij parvozi 1 soatga ham bormaydi

Texas shtatida joylashgan Venus Aerospace kompaniyasi jahon aviatsiyasida tub burilish yasashi mumkin bo‘lgan loyiha ustida ish olib bormoqda. Kompaniya taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, ular Stargazer nomli gipertovushli samolyotni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Bu samolyot Nyu-Yorkdan Parijga yoki Londonga bor-yo‘g‘i 55 daqiqada yetib boradi.

 

E’tiborga molik jihat shundaki, Nyu-York va Parij orasidagi masofa 5833 km, Nyu-York va London orasidagi masofa esa 5567 km ni tashkil etadi. Mazkur masofani bir soatdan kamroq vaqt ichida bosib o‘tish — aviatsiya sohasida inqilobiy yondashuvdir.

 

Venus Aerospace avvalroq aylanuvchi portlovchi raketa dvigateli bo‘yicha atmosfera sinovlarini muvaffaqiyatli o‘tkazgan edi. Ushbu dvigatel an’anaviy yonishdan farqli ravishda, ketma-ket portlashlar orqali zarba kuchi hosil qiladi. Sinovlar Nyu-Meksikodagi kosmodromda amalga oshirilgan.

 

Kompaniyaning rejasiga ko‘ra, aynan shu innovatsion dvigatel Stargazer samolyotiga o‘rnatiladi. Muhandislar hisob-kitobiga ko‘ra, u Mach 4 gacha — ya’ni soatiga 4,939 km tezlikka erisha oladi. Bu tovush tezligidan to‘rt baravar yuqori ko‘rsatkichdir.

 

Agar loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, xalqaro aviaqatnovlar sohasi tubdan o‘zgarishi, uzoq masofalar endilikda qisqa vaqt ichida bosib o‘tilishi mumkin.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Endi Nyu-York–Parij parvozi 1 soatga ham bormaydi | Zamon.uz