Fransiyada yuzlab bolalarga jinsiy tajovuz qilgan jarroh 20 yilga qamaldi
Jabrlanuvchilarning yoshi o‘rtacha 11 da bo‘lgan.

Fransiyada sobiq jarroh Joel Le Skuarnek 299 nafar bolaga jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topilib, 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U 1989-yildan 2014-yilgacha davomida 158 o‘g‘il va 141 qizga tajovuz qilgan, jabrlanuvchilarning yoshi o‘rtacha 11 da bo‘lgan. Ayrim holatlarda bolalar hushsiz bo‘lgan va sodir bo‘lgan voqeani eslay olmagan.
Sud jarayoni 2025-yil boshida boshlangan va 74 yoshli Le Skuarnek ayblovlarning barchasini tan olgan. U ilgari, 2020-yilda, to‘rt bolaga, jumladan, ikki jiyaniga nisbatan tajovuz qilgani uchun 15 yilga qamalgan edi. Yangi hukm bilan unga qo‘shimcha 20 yil jazo tayinlandi.
Bu ish Fransiya tarixidagi eng yirik bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holati sifatida qayd etildi. Jabrlanuvchilardan biri bu jinoyatlar jamiyatni qonunlarni qayta ko‘rib chiqishga majbur qilishi kerakligini aytgan. Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolaga jinsiy tajovuz qilish avtomatik ravishda zo‘rlash deb hisoblanadi va maksimal jazo 20 yil qamoq bilan cheklanadi.







