Jahon

G‘azoda shifokor ayol bir kunda 9 farzandidan ayrildi

Hodisa G‘azoga uyushtirilgan bombordimon vaqtida sodir bo‘lgan.

G‘azoda shifokor ayol bir kunda 9 farzandidan ayrildi

G‘azo sektoridagi havo hujumi natijasida falastinlik pediatr A’lo an-Najjor bir kunda to‘qqiz farzandidan ayrildi. Hodisa Isroil armiyasining Xon Yunusga uyushtirgan bombordimoni vaqtida sodir bo‘lgan. Ayolning eri — shifokor Hamdi an-Najjor og‘ir tan jarohati olgan, 11 yoshli o‘g‘li Odam esa omon qolgan, biroq tanasidan jarohatlar olgan.

 

Voqea ro‘y bergan kuni A’lo an-Najjor o‘z bolalari hayoti xavf ostida bo‘lishiga qaramay, G‘azodagi shifoxonada bemor bolalarni davolashga yo‘l olgan. Uning uyi havo hujumi chog‘ida vayron bo‘lgan. Bombardimon oqibatida ayolning 6 oylik chaqalog'i ham halok bo'lgan.

 

Bu fojiaga xalqaro hamjamiyat e’tibor qaratmoqda. Falastinning BMTdagi elchisi Riyoz Mansur BMT Xavfsizlik Kengashida so‘zlagan nutqida Najjor oilasi haqida gapirib, ko‘z yoshlarini tiyolmadi. Isroil armiyasi 2023-yil 7-oktabrdan buyon G‘azoga qarshi amaliyotlar olib bormoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, shu kungacha 16 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

G‘azoda shifokor ayol bir kunda 9 farzandidan ayrildi | Zamon.uz