Janubiy Koreyada harbiy samolyot qulab tushdi
Hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.

Kyonsangbukdo viloyatidagi Poxan shahrida harbiy-dengiz kuchlariga tegishli P-3C kuzatuv samolyoti tog‘ga qulab tushdi. Samolyot 29-may kuni tushdan keyin mashg‘ulot uchun uchgan, bortida to‘rt ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Yong‘in o‘chirish xizmati hodisa joyiga yetib borib, yong‘inni o‘chirgan. Samolyot bortidan uch kishining jasadi olib chiqilgan. Hozircha halok bo‘lganlarning shaxsi noma'lum.
Rasmiylar voqea bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berishni davom ettirmoqda.







