Kanadada kuchli o'rmon yong'inlari kuzatilmoqda
O‘rmon yong‘inlari ommaviy evakuatsiyaga sabab bo‘ldi.

Kanadaning Manitoba shtatida avj olgan o‘rmon yong‘inlari sababli minglab aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirilmoqda. Shtat bosh vaziri Vab Kinyuning so‘zlariga ko‘ra, hozirga qadar kamida 17 ming kishi evakuatsiya qilingan.
Evakuatsiya choralari 5,000 nafar aholiga ega Flin Flon shahri, shuningdek Pimichamak va Pukatavaga kabi Birinchi Nation (aborigen) jamoalarini ham o‘z ichiga olgan. Ayrim izolyatsiyalangan hududlardan ko‘chirish ishlari maxsus transport vositalari va vertolyotlar yordamida amalga oshirilmoqda.
Poytaxt Vinnipegda vaqtinchalik turar joy markazlari tashkil etilgan bo‘lib, evakuatsiya qilingan aholiga oziq-ovqat, tibbiy yordam va zaruriy infratuzilma bilan ta’minot ishlari olib borilmoqda.
"Bu – Manitobada odamlar yodida qolgan eng keng ko‘lamli evakuatsiyalardan biridir. Vaziyat jiddiy bo‘lgani sababli, biz butun shtat bo‘ylab favqulodda holat e’lon qildik", — dedi bosh vazir Kinyu.
Favqulodda holat e’lon qilinishi ortidan Kanada qurolli kuchlari yong‘inlarni o‘chirish va odamlarni xavfsiz joyga ko‘chirishda mahalliy qutqaruv xizmatlariga yordam berayotgani bildirildi.







