Shvetsariyada qor ko‘chkisi butun qishloqni vayron qildi
Qidiruv va qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Shvetsariyaning Alp tog‘larida kuchli qor ko‘chkisi natijasida Vale kantonidagi Blatten qishlog‘i butunlay vayron bo‘ldi.
Hodisa Lyochental vodiysida yuz bergan. Mahalliy rasmiylar maʼlumotiga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida qishloqqa jiddiy zarar yetgan. 1 kishi bedarak yoqolgan.
Yaxshiyamki, halokatdan bir necha kun oldin — 19 may kuni ehtiyot chorasi sifatida qishloqda yashovchi 200 nafar aholi evakuatsiya qilingan edi. Qidiruv va qutqaruv ishlari davom etmoqda. Rasmiylar aholiga tog‘li hududlarda hushyorlikni kuchaytirishni tavsiya qilmoqda.







