Yerda kuchli magnit bo‘roni boshlandi
Bo‘ron energiya tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Yerda G3 darajasidagi magnit bo‘roni boshlandi. Bu daraja besh ballik shkala bo‘yicha kuchli bo‘lishi bilan ajralib turadi (G1 — zaif, G5 — o‘ta kuchli). Mutaxassislar bu hodisa energiya tizimlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.
Bo‘ron vaqtida xavfsizlik tizimlarida noto‘g‘ri signalizatsiya, yog‘ transformatorlarining haddan tashqari qizishi, sun’iy yo‘ldoshlar va radioaloqa vositalarining uzilishi ehtimoli yuqori. Hatto o‘rta kengliklarda qutb yog‘dulari ham kuzatilishi mumkin.
Olimlar 27-may kuni bu borada ogohlantirish bergan edi. Ularning prognoziga ko‘ra, quyosh shamolining tezligi 600 km/soatga yetishi kutilmoqda. Avvalgi shunga o‘xshash holatlarda esa bu tezlik 700–800 km/soatni tashkil etgan.







