Xitoyda paraplanchi 8000 metr balandlikdan sakradi
Bunday parvoz odam salomatligi uchun o'ta xavfli hisoblanadi.

Xitoyda 55 yoshli paraplanchi dengiz sathidan 3000 metr balandlikda parvoz qilayotgan vaqtida kuchli bulutlar oqimiga tushib qoldi. Natijada u yana 5000 metrga ko‘tarilib, umumiy balandligi 8000 metrgacha yetdi. Bu parvoz odam salomatligi uchun juda xavfli bo‘lib, kislorod yetishmasligi va past haroratlar tufayli jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Hozirda Xitoy hukumati ushbu hodisa bo‘yicha tergov ishlarini boshlagan. Rasmiylarga ko‘ra, sportchining parvozi vaqtida xavfsizlik choralariga to‘liq rioya qilingani aniqlanmoqda. Mutasaddilar, shuningdek, bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida paraplan sportiga qo‘shimcha nazorat choralari joriy etilishi mumkinligini ma’lum qilishdi.







