Antaliyada tornado shaharni vayron qildi
Kuchli shamol uylarning tomlarini uchirib ketgan.

Turkiyaning mashhur kurort shahri Antaliyada tornado yuz berdi. Turk OAVlariga ko‘ra, tabiat hodisasi asosan Gozipasha tumanida katta zarar yetkazgan.
Mahalliy aholi tomonidan olingan videolarda G‘ozi va Beyaobasi mahallalaridagi qariyb 70 ta issiqxona butkul vayron bo‘lgani ko‘rinadi. Tornado kuchli shamol bilan birga uylarning tomlarini uchirib ketgan, daraxtlar qulagan, ba’zi yo‘llarda harakat vaqtincha to‘xtatilgan.
Yaxshiyamki, hodisa qurbonlarsiz yakunlangan. Hozirda mahalliy hokimiyat vakillari voqea joyida zarar ko‘lamini baholash ishlarini olib bormoqda.







