Hindiston Afg‘onistonga 11 ming doza vaksina yubordi
Vaksinatsiya yukining umumiy og‘irligi 442 kilogramm.

Hindiston “Tolibon” boshqaruvidagi Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vazirligiga 11 000 doza vaksina hadya qildi. Bu haqda vazirlik rasmiy bayonot berdi.
Yordam sifatida yuborilgan vaksinalar orasida 5500 doza grippga va 5500 doza meningitga qarshi emlash vositalari mavjud. Vaksinalar sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yuborilgan.
Rasmiylarga ko‘ra, vaksinatsiya yukining umumiy og‘irligi 442 kilogrammni, sof og‘irligi esa 291 kilogrammni tashkil etadi. Afg‘oniston bu yordami uchun Hindistonga minnatdorchilik bildirdi.







