PSJ g‘alabasidan so‘ng Parijda katta tartibsizliklar boshlandi
Hodisa oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, 500 dan ortiq odam qo‘lga olingan.

Fransiyaning “PSJ” futbol klubi UEFA Chempionlar Ligasi g‘alabasini nishonlayotgan paytda Parij va mamlakatning boshqa hududlarida tartibsizliklar yuz berdi. TF1 telekanalining xabar berishicha, to‘qnashuvlar natijasida 2 kishi halok bo‘lgan, 192 kishi tan jarohati olgan.
Parij ko‘chalarida yuzaga kelgan betartibliklar davomida yuzlab mashinalar va do‘konlarga zarar yetkazilgan. Politsiya tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, 500 dan ortiq shaxs qo‘lga olingan.
Hokimiyat vakillari vaziyatni nazoratga olishga harakat qilgan bo‘lsa-da, ba’zi hududlarda norozilik va huquqbuzarliklar tun davomida davom etgan. Rasmiylar bunday holatlarni keskin qoralab, xavfsizlik choralarini kuchaytirishga va’da bermoqda.







