Jahon

Ruminiyada 30 yil ichidagi eng yirik suv toshqini sodir bo'lmoqda

Suv toshqinidan eng ko‘p tuz koni zarar ko‘rgan.

Ruminiyada 30 yil ichidagi eng yirik suv toshqini sodir bo'lmoqda

Ruminiyada so‘nggi 30 yil ichidagi eng kuchli suv toshqinlari mamlakatning bir nechta hududlariga jiddiy zarar yetkazmoqda. 2025-yil 29-may kuni yog‘gan kuchli yomg‘irlar natijasida Botoshani, Kovasna va Brasov viloyatlarida o‘nlab aholi punktlari suv ostida qoldi, yuzlab odamlar evakuatsiya qilindi.

 

Suv toshqinidan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlardan biri — Transilvaniyada joylashgan “Praid” tuz konidir. Bu yerda nafaqat tuz qazib olinadi, balki sayyohlar uchun ko‘ngilochar park, tibbiy markaz va yer ostida qurilgan ibodatxona ham mavjud. Korund soyining toshib ketishi konning ishlab chiqarish va turistik qismlariga ham suv kirishiga sabab bo‘ldi. Yer ostidagi to‘g‘on suv bosimiga dosh bera olmay qulab tushgani aytildi.

 

Mutasaddilar tuz zaxiralari suvda erib ketishi, shuningdek, mahalliy aholi daromadsiz qolishi mumkinligidan xavotirda. Ayni paytda rasmiylar suv sathining tushishini kutib, tiklash ishlarini boshlashga hozirlanmoqda. Vengriya hukumati esa qo‘shnilariga yordam taklif qilgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Ruminiyada 30 yil ichidagi eng yirik suv toshqini sodir bo'lmoqda | Zamon.uz