AQShda erkak yahudiylarga hujum qildi
Hodisa oqibatida bir nechta kishi tan jarohati olgan.

AQShning Kolorado shtatidagi Boulder shahrida joylashgan savdo markazida noma’lum shaxs yahudiylarga hujum uyushtirdi. Hodisa yahudiy jamoasi tomonidan G‘azo sektorida asirga olingan vatandoshlarini xotirlash marosimi vaqtida sodir bo‘lgan.
Rasmiylarga ko‘ra, voqea oqibatida bir nechta kishi tan jarohati olgan. Hozircha halok bo‘lganlar haqida ma’lumot berilmagan. Hujum sabablari va jinoyatchining shaxsi yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Mahalliy huquq-tartibot organlari hodisa yuzasidan rasmiy bayonot berishga hozirlik ko‘rmoqda.







