Jahon

Hindistonda koronavirus bilan kasallanish keskin oshdi

So‘nggi bir sutka davomida 360 dan ortiq yangi holat qayd etilgan.

Hindistonda koronavirus bilan kasallanish keskin oshdi

Hindistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari keskin ko‘paydi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash va oilaviy farovonlik vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, COVID-19 bilan kasallanganlar soni 3700 nafardan oshgan. Bu oxirgi bir necha oy ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

 

So‘nggi bir sutka davomida 360 dan ortiq yangi holat qayd etilgan. Kasallik oqibatida ikki bemor – 63 yoshli erkak va 24 yoshli ayol vafot etgan. Har ikki holatda ham bemorlar yondosh kasalliklarga ega bo‘lgan.

 

Yangi holatlarning eng ko‘p qismi Kerala (1336 holat), Maxarashtra (467) va Dehli (375) shtatlarida aniqlangan.

 

O‘tgan haftada butun mamlakat bo‘yicha atigi 257 ta holat aniqlangan edi. Bu ko‘rsatkich 10 kun ichida qariyb 15 barobar oshgan.

 

Sog‘liqni saqlash mutasaddilari aholiga hushyorlikni saqlash, jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash va shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishni tavsiya qilmoqda.

 

Kasallanish holatlarining ko‘payishi ikki yangi virus subvariantlari — NB.1.8.1 va LF.7 bilan bog‘liq ekani qayd etilmoqda. Ular Xitoy, Tayvan, Gonkong va Avstraliyada ham tarqalgan. JSST ularni hozircha “nazorat ostidagi variantlar” ro‘yxatiga kiritgan.

 

O‘zbekistonda esa epidemiologik vaziyat barqaror. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekovga ko‘ra, yangi shtammlarning tarqalishi kuzatilmayapti va aholi orasida xavotirga asos yo‘q.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Hindistonda koronavirus bilan kasallanish keskin oshdi | Zamon.uz