Jahon

Hindistonning Turkiyaga boykoti davom etmoqda

Aviakompaniyalar hamkorlikni bekor qilishni boshladi.

Hindistonning Turkiyaga boykoti davom etmoqda

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi ziddiyatlar yana kuchayayotgan bir paytda, Turkiyaning Pokistonga ochiq-oydin yondoshgani Hindiston jamoatchiligida keskin reaksiyaga sabab bo‘ldi. Bu orada ijtimoiy tarmoqlarda Turkiya mahsulotlarini boykot qilishga chaqiriqlar avvalgidan-da kuchliroq tus oldi.

 

Ko‘plab hind foydalanuvchilari "Turkiyani qo‘llab bo‘lmaydi" degan hashtag ostida postlar qoldirib, turistik safarlar, savdo aloqalari va hatto turk seriallarini ham rad etishga chaqirmoqda. Turkiyaning Pokistonga bo‘lgan do‘stona munosabati esa bu keskin norozilikning markazida turibdi.

 

Bu holat ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Turkiya esa o‘z pozitsiyasida sobit qolmoqda — Anqara Pokiston bilan do‘stlik va hamkorlikni davom ettirishga qat’iy bel bog‘lagan.

 

IndiGo aviakompaniyasi Hindiston hukumatining bosimi ostida Turkish Airlines bilan samolyot lizingiga oid shartnomani bekor qildi. Hindiston kompaniyasi turk tomonidan ijaraga olingan ikki dona Boeing-777 samolyotidan foydalanayotgan edi. Shartnoma yana 6 oyga uzaytirilishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, rasmiy qaror bilan bekor qilindi.

 

Avvalroq Hindistondagi sayyohlik agentliklari Turkiyaga tur paketlarini sotishni to‘xtatgani, turk mahsulotlari do‘konlardan olib tashlanayotgani va ayrim oliy o‘quv yurtlari Turkiya bilan hamkorlikni uzgani xabar qilingandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Hindistonning Turkiyaga boykoti davom etmoqda | Zamon.uz