Fransiya qamoqxonalarida bo‘sh joy qolmadi
Bu haqda Fransiya Adliya vazirli ma’lumot bergan.

Fransiyada may oyining boshiga kelib, qamoqxonalar bandligi bo‘yicha yangi rekord qayd etildi — mahbuslar soni ajratilgan o‘rinlar sonidan ancha oshib ketgan. Bu haqda BFMTV xabar berdi.
Fransiya Adliya vazirligining ma’lumot berishicha, 1 may holatiga ko'ra mamlakatdagi qamoqxonalarda 83,700 nafar mahbus saqlanmoqda. Biroq, mavjud o‘rinlar soni atigi 62,570 nafarga teng.
Bir yil oldin qamoqxonalar bandligi 125,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 133,7 foizga yetgan. Bu ortiqcha yuklama qamoqxonalardagi sharoit va xavfsizlik muammolarini yanada keskinlashtirmoqda.







