Garvard universiteti Tramp ma'muriyatini sudga berdi
Garvard sud orqali ilmiy moliyalashtirishni himoya qilmoqchi.

Garvard universiteti AQSh ma’muriyatining ilmiy tadqiqotlar uchun ajratilgan 2,5 milliard dollarlik mablag‘ni muzlatishiga qarshi sudga murojaat qildi.
Sudga taqdim etilgan da'vo arizasida aytilishicha, 2024-yil 14-apreldan beri universitet AQSh ma’muriyatidan 957 ta moliyalashtirishni to‘xtatish haqidagi buyurtma olgan. Bu mablag‘lar onkologiya, yuqumli kasalliklar va milliy xavfsizlik sohasidagi muhim tadqiqotlarni moliyalash uchun mo‘ljallangan edi.
Garvard vakillarining bildirishicha, bu cheklovlar universitetning Oq uy tomonidan ilgari surilgan ayrim siyosiy talablarni rad etgani bilan bog‘liq.
Tramp ma’muriyati ilgari Garvard va boshqa yirik universitetlarni G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarga qarshi chiqqan talabalar fonida yahudiy talabalar xavfsizligini ta’minlay olmaganlikda tanqid qilgan edi.
Universitet suddan mablag‘larni muzlatishga doir buyruqlarni to‘xtatishni so‘rab, sog‘liqni saqlash va xavfsizlik sohasidagi ilmiy izlanishlarga zarar yetmasligini ta’minlashni talab qilmoqda.







