Hindiston aeroportida chamadondan 47 ta zaharli ilon chiqdi
Hodisa bojxona xodimlari bagajni tekshirayotgan vaqtida aniqlangan.

Mumbay xalqaro aeroportida Tailanddan kelgan yo‘lovchining chamadonidan 47 dona zaharli ilon topildi. Mahalliy nashrlarning yozishicha, bojxona xodimlari bagajni tekshirish chog‘ida dahshatli vaziyatga duch kelishgan.
Shuningdek, yo‘lovchi osiyo toshbaqasini ham samolyotda olib yurgani aniqlangan. Parvoz davomida ilonlardan biri nobud bo‘lgan. Erkakning shaxsi hozircha oshkor qilinmadi.
Mazkur holat yuzasidan Hindiston bojxona xizmati tomonidan hayvonlarni noqonuniy olib o‘tish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.







