Pokistonda 100 dan ortiq mahbus qochib ketdi
Zilzila fonida 200 dan ortiq mahbus qochishga uringan.

Pokistonning Karachi shahrida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat qamoqxonadagi tartibsizliklarga sabab bo‘ldi. Ma'lum qilinishicha, zilzila vaqtida evakuatsiya choralari ko‘rilgan mahalda 100 dan ortiq mahbus qochib ketgan.
Xabarlarga ko‘ra, zilzila ortidan xavfsizlik sababli mahbuslar vaqtincha kameralaridan olib chiqilgan, aynan shu paytda yuzaga kelgan otishma natijasida kamida bir kishi halok bo‘lgan.
Politsiya xabariga ko‘ra, Sind viloyatida jami 216 mahbus qochishga uringan. Ularning 78 nafari ushlangan, qolganlari qidiruvda. Shuningdek, otishma davomida bir mahbus o‘ldirilgan, uch nafar xavfsizlik xodimi yaralangan.







