TikTok AQShda vaqtincha ishlamay qoldi
Bu masaladagi murojaatlar soni 48 mingdan oshgan.

AQShdagi TikTok foydalanuvchilari mashhur ijtimoiy tarmoqda uzilishlar kuzatilayotganini bildirgan. Downdetector ma'lumotlariga ko‘ra, minglab foydalanuvchilar servis ishlamayotgani haqida shikoyat qilgan.
Toshkent vaqti bilan 8:26 da murojaatlar soni 48 mingdan oshgan bo‘lsa, yarim soat o‘tib bu ko‘rsatkich 2 ming atrofida qolgan. Uzilishlar asosan dastur ishlashi, serverga ulanish va xabar yuborish bilan bog‘liq bo‘lgan.
Hozircha TikTok kompaniyasi ushbu uzilishlar yuzasidan rasmiy izoh bergani yo‘q.







