Jahon

Buyuk Britaniyada mahalliy aholi soni keskin kamaymoqda

Britaniyada mahalliy oq tanli aholining ulushi ilk bor 50 foizdan pastga tushishi kutilmoqda.

Buyuk Britaniyada mahalliy aholi soni keskin kamaymoqda

 

Buyuk Britaniyada oq tanli britaniyaliklarning (ota-onasi ham ushbu mamlakatda tug‘ilgan mahalliy aholi) ulushi tarixda ilk bor ozchilikka aylanishi mumkin. Bu haqda The Daily Telegraph nashri xabar bermoqda.

 

Bukingem universiteti olimlari, siyosatshunos va immigratsiya bo‘yicha mutaxassis professor Mett Gudvin boshchiligidagi tadqiqot guruhi, Britaniya aholisining demografik tarkibi yuzasidan Milliy statistika xizmati (ONS) rasmiy ma’lumotlariga asoslangan keng ko‘lamli tahlil o‘tkazdi. Unda tug‘ilish, o‘lim va migratsiya ko‘rsatkichlari asosida 21-asr oxirigacha demografik o‘zgarishlar prognoz qilingan.

 

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2050-yilga borib oq britaniyaliklarning ulushi 73 foizdan 57 foizgacha kamayadi. 2063-yilga kelib esa ushbu ko‘rsatkich 50 foizdan pastga tushadi, bu esa ularni mamlakatdagi ozchilik guruhiga aylantiradi. Asr oxiriga borib, oq britaniyaliklar ulushi 33.7 foizgacha tushishi mumkin.

 

Tadqiqot shuningdek, immigratsiya va muhojirlar avlodlari sonining jadal o‘sishini ham qayd etmoqda. 2049-yilga borib Buyuk Britaniyada chet elda tug‘ilgan yoki kamida bitta ota-onasi muhojir bo‘lgan aholi ulushi 33.5 foizga yetishi, 2100-yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 60 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

 

Shuningdek, musulmon aholining o‘sish tendensiyasi ham ajratib ko‘rsatilgan. 2024-yildagi 7 foizlik ko‘rsatkich 2049-yilga kelib 11.2 foizga, asr oxiriga borib esa 19.2 foizgacha ko‘tarilishi mumkin.

 

Professor Gudvin bunday demografik o‘zgarishlar Buyuk Britaniya uchun muhim sinov bo‘lishini ta’kidladi: “Tadqiqotimiz mamlakatimizning bu miqyosdagi o‘zgarishlarga moslasha olishi va ularni samarali boshqarish salohiyati borasida jiddiy savollarni yuzaga chiqaradi”.

 

2023-yilda Buyuk Britaniyaga sof migratsiya oqimi 860 ming kishiga yetgan, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 431 mingtaga tushgan bo‘lsa-da, hali ham 2010-yillar o‘rtasidagi yillik o‘rtacha ko‘rsatkich (244 ming) dan ancha yuqoriligicha qolmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Buyuk Britaniyada mahalliy aholi soni keskin kamaymoqda | Zamon.uz