“Disney” yuzlab xodimlarini ishdan bo‘shatmoqda
Kompaniya faoliyatini soddalashtirish maqsadida.

“Disney” kompaniyasi xarajatlarni kamaytirish maqsadida kino, televideniye va moliya bo‘limlaridagi yuzlab xodimlarini ishdan bo‘shatmoqda.
Bu 2023-yildagi 7 ming kishilik qisqartirishdan keyingi bosqich bo‘lib, kompaniya faoliyatini soddalashtirish va raqobatga moslashishga qaratilgan.
Shu bilan birga, “Disney” daromadni oshirib, “Lilo va Stich” kabi filmlar orqali katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda.







