Jahon

Dunyodagi eng katta aysberg 60 km masofaga siljidi

A23a aysbergining hajmi Moskva shahri hududi bilan tenglashdi.

Dunyodagi eng katta aysberg 60 km masofaga siljidi

 

Ma'lum qilinishicha, dunyodagi eng yirik aysberg — A23a o‘z maydonining yana 7 foizini yo‘qotib, hozirda taxminan Moskva shahri hududiga teng bo‘lib qolgan.

 

Bu haqda Arktika va Antarktika tadqiqot instituti (AARI) matbuot xizmati ma'lum qildi. Ularning axborotiga ko‘ra, aysberg Janubiy okean oqimlari ta’sirida 60 kilometrga sharqqa siljigan va hozirda aholi yashamaydigan Annenkov orolidan 74 km masofada joylashgan.

 

Aysberg 1986-yilda Antarktidadagi Filxner-Ron muz shelfidan ajralib chiqqan. Taxminan 30 yil davomida u suv ostida harakatsiz qolgan va 2023-yildan harakatlanishni boshlagan. O‘sha paytda uning maydoni 4000 kvadrat kilometr bo‘lgan. 2025-yil iyun oyining boshiga kelib esa bu ko‘rsatkich 2700 kvadrat kilometrga qisqargan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Dunyodagi eng katta aysberg 60 km masofaga siljidi | Zamon.uz