Jahon

Germaniyada ikkinchi jahon urushiga oid bombalar topildi

Ko‘ln shahrida portlamagan bombalar sababli yirik evakuatsiya ishlari boshlandi.

Germaniyada ikkinchi jahon urushiga oid bombalar topildi

 

Ko‘ln shahrida Ikkinchi jahon urushidan qolgan uchta portlamagan havo bombasining topilishi ortidan urushdan keyingi davrdagi eng yirik evakuatsiya tadbiri boshlandi. Xabarlarga ko‘ra, evakuatsiya choralari 20,500 ga yaqin fuqaroga ta’sir ko‘rsatmoqda.

 

Ushbu bombalar shahar markazidagi Deutz tumanida, dushanba kuni aniqlangan. AQShda ishlab chiqarilgan bombalarning og‘irligi 2 tonnagacha bo‘lib, ular topilgan hududdan 1 kilometr radiusda evakuatsiya amalga oshirilmoqda.

 

Mazkur zona ichida RTL teleradiokompaniyasi, kasalxona, ikkita qariyalar uyi, temiryo‘l vokzali, ko‘rgazma markazi, Lanxess Arena, musiqa markazi, filarmoniya, bir nechta muzeylar, 58 ta mehmonxona, 9 ta maktab, bolalar bog‘chalari va bir nechta muhim ma’muriy binolar joylashgan.

 

Rasmiylar bu holatni “Ikkinchi jahon urushidan beri eng katta evakuatsiya harakati” deb atamoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, urush yillari Germaniya hududiga 2 milliondan ortiq bomba tashlangan bo‘lib, ularning 10–20 foizi portlamay qolgan. Bu kabi snaryadlar hozirgacha har bir necha oyda qurilish ishlari yoki yo‘l yotqizish vaqtida topiladi. Odatda ular tez va xavfsiz tarzda sapyorlar tomonidan zararsizlantiriladi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"