Turkiyada ishchi tanker qopqog‘ini ochayotganda portlash sodir bo‘ldi
Hodisa natijasida u og‘ir tan jarohatlari olgan.

Turkiyada bir erkak ish vaqtida og‘zida sigaret tutgan holda yoqilg‘i tankerining qopqog‘ini ochayotganda portlash yuz berdi.
Hodisa natijasida u og‘ir tan jarohatlari oldi. Hozirda uning ahvoli og‘ir ekani va shifoxonaga yotqizilgani ma’lum qilindi.
Mutasaddilar hodisa yuzasidan surishtiruv boshlab yubordi.
Mutaxassislarning dastlabki taxminlariga ko‘ra, sigaretning ochiq olovi yoqilg‘i bug‘lari bilan reaksiyaga kirishib, portlashga sabab bo‘lgan. Bu kabi vaziyatlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmasligi ish joylarida jiddiy falokatlarga olib kelishi mumkin.







