Jahon

AQSHda 12 mamlakat fuqarolariga davlatga kirish taqiqlandi

Tramp xavfsizlik sababli yangi immigratsion cheklovlar joriy etdi.

AQSHda 12 mamlakat fuqarolariga davlatga kirish taqiqlandi

 

AQSH prezidenti Donald Tramp milliy xavfsizlikka tahdid mavjudligi sababli 12 mamlakat fuqarolarining mamlakatga kirishini to‘liq taqiqlovchi farmon imzoladi. Bu haqda CBS News jurnalisti Jennifer Jeykobs ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

 

“Prezident Tramp bugun kechqurun bir nechta mamlakat fuqarolariga sayohat taqiqini belgilovchi farmonni imzoladi”, — deb yozdi Jeykobs.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston, Birma (Myanma), Chad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan,Yaman davlatlar fuqarolariga AQSHga kirish to‘liq man etilgan.

 

Farmonda aytilishicha, ushbu cheklovlar muhojirlar (immigrantlar) bilan bir qatorda, vaqtinchalik (immigratsion bo‘lmagan) vizalar asosida keluvchilarga ham tegishli.

 

Shuningdek, 7 ta davlat — Burundi, Kuba, Laos, Syerra-Leone, Togo, Turkmaniston va Venesuela fuqarolari uchun AQSHga kirish qisman cheklangan.

 

Oq uy tomonidan e’lon qilingan farmonda quyidagi jumlalar keltirilgan: “Tashqi siyosat, milliy xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha AQSH manfaatlarini inobatga olgan holda, men 12 mamlakat fuqarolarining AQSHga kirishini to‘liq cheklashga qaror qildim”.

custom img

Erondan uchirilgan dron Ozarbayjonga qulab tushdi

Ozarbayjon mazkur hujumni qat’iy qoralab, Tashqi ishlar vazirligiga Eron elchisi chaqirtirildi.

custom img

Eron Turkiya hududiga raketa uchirganini rad etdi, Anqara esa javob berishga tayyorligini e’lon qildi

Erondan uchirilgan ballistik raketa Sharqiy O‘rta yer dengizidagi NATO havo va raketaga qarshi mudofaa bo‘linmalari tomonidan to‘xtatilgan.

custom img

Iroq butunlay elektr energiyasidan uzildi

Basra viloyatidagi muhim Rumeyla elektr stansiyasida kutilmagan nosozlik blekautga sabab bo‘ldi.

custom img

Yaqin Sharqdagi mojaro dollarga nisbatan talabni oshirdi

Yaqin Sharqdagi harbiy mojaro fonida AQSH va Isroilning Eronga qarshi hujumlari investorlarni xavfsiz aktiv sifatida AQSH dollarga yo‘naltirdi.

custom img

Eron hujumlari javobsiz qolmaydi — Qatar

Qatar havo mudofaa tizimlari ikki Eron qiruvchi samolyotini yo‘q qildi, va mamlakat suverenitetini himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

AQSh Eron bilan mojaro boshlangandan beri qariyb 2 mlrd dollarlik texnika yo‘qotdi

Eng katta yo'qotish Qatardagi bazada joylashgan radar tizimi bo'lgan.

custom img

Turkiya havo hududida Erondan uchirilgan raketa urib tushirildi

Raketa Iroq va Suriya orqali Turkiya havo hududiga kirgan.

custom img

Tramp AQSHni cheksiz urushga tortmoqda — AQSH senatori

Senator Tramp butunlay nazoratdan chiqib ketganini va amerikaliklar uning yolg‘onlari tufayli allaqachon halok bo‘lishganini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

AQSHda 12 mamlakat fuqarolariga davlatga kirish taqiqlandi