Jahon

Bolgariya yevroga o‘tishga tayyorlanmoqda

Yevrohudud kengaymoqda: Bolgariya 21-a’zo davlatga aylanadi.

Bolgariya yevroga o‘tishga tayyorlanmoqda

 

Bolgariya 2026-yil 1-yanvardan boshlab rasmiy ravishda yevro valyutasiga o‘tadi. Yevropa Komissiyasi va Yevropa Markaziy banki (ECB) mamlakatning barcha zaruriy iqtisodiy mezonlarga javob berishini tasdiqladi. Shu tariqa Bolgariya Yevrohududga qo‘shilayotgan Yevropa Ittifoqining 21-a’zo davlati bo‘ladi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bolgariya yevro zonasiga kirish uchun inflyatsiya, davlat qarzi, byudjet taqchilligi va uzoq muddatli foiz stavkalari bo‘yicha belgilangan mezonlarni muvaffaqiyatli bajargan.

 

Xususan, 2024-yil aprel oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Bolgariyada inflyatsiya darajasi 2,8 foizni tashkil etgan bo‘lib, bu Fransiya (0,9 foiz), Kipr (1,4 foiz) va Daniya (1,5 foiz) kabi eng past inflyatsiyaga ega davlatlar ko‘rsatkichlaridan 1,5 foiz punktdan ortiq bo‘lmagan chegaraga to‘g‘ri keladi.

 

Moliya sohasida ham ijobiy holat kuzatilmoqda. Bolgariyaning byudjet taqchilligi 2024-yilda 3,0 foiz, 2025-yilda esa 2,8 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Bu Yevropa Ittifoqi talab qilgan maksimal 3 foizlik darajaga mos keladi. Mamlakatning davlat qarzi esa YaIMga nisbatan 2024-yilda 24,1 foiz, 2025-yilda esa 25,1 foiz bo‘lishi kutilmoqda — bu esa maksimal 60 foiz chegaradan ancha past.

 

Bolgariya 2007-yilda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lganidan buyon yevroga o‘tishga intilib kelmoqda. Biroq, Eurobarometr tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, bolgarlarning 50 foizi bu jarayonga narxlar oshishidan xavotirlanib, ehtiyotkorlik bilan qaramoqda.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Bolgariya yevroga o‘tishga tayyorlanmoqda | Zamon.uz