Nutqdan voz kechish miyaga qanday zarar keltiradi?
Uzoq sukunat miyani zaiflashtiradi.

Uzoq vaqt davomida ixtiyoriy ravishda gapirmaslik inson miyasi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda Rossiya Davlat taʼlim universiteti patofiziologi Sergey Stepanov ma’lum qildi.
Mutaxassis fikriga ko‘ra, uzoq muddatli jimlik holati miya yarim korteksining nutqqa mas’ul qismlarida neyronlararo aloqalarning zaiflashishiga olib keladi. Bu esa odamning nutqni boshqarish qobiliyatini pasaytiradi.
“Bunday holatda odam o‘z ovozini ilgari boshqargan darajada nazorat qila olmaydi. Biroq, suhbatga qaytilgach, neyronlararo aloqa tiklanadi va nutq funksiyasi odatdagi holatiga qaytadi”, — deya ta’kidladi Stepanov.
Ushbu xulosalar, xususan, uzoq vaqt ijtimoiy izolyatsiyada bo‘lgan yoki sukunatni ongli tanlagan shaxslar uchun dolzarb bo‘lishi mumkin.







