Jahon

Trampning nabirasiga “kuyov” keldi

Kuyov kechqurun devordan oshib o'tgan.

Trampning nabirasiga “kuyov” keldi

AQSHning Florida shtatida joylashgan prezident Donald Trampga tegishli Mar-a-Lago mulkida noodatiy voqea yuz berdi. 2025-yil 3-iyun kuni kechasi Entoni Reyes ismli erkak ushbu hashamatli qarorgoh hududiga noqonuniy ravishda kirgan.

 

Mahalliy politsiya maʼlumotlariga ko‘ra, Reyes mulk atrofini o‘rab turgan xavfsizlik devoridan oshib o‘tgan. So‘roq paytida u bu ishni ongli ravishda bajarganini aytgan va Mar-a-Lago qarorgohiga kelishidan maqsadi — Injil taʼlimotini targ‘ib qilish va Donald Trampning 18 yoshli nabirasi Kay Trampga uylanish bo‘lganini bildirgan.

 

Voqea joyida qo‘lga olingan erkak hech qanday qarshilik ko‘rsatmagan. Hozirda u tergov ostida bo‘lib, qonuniy jazo berilishi kutilmoqda. Mulk atrofidagi xavfsizlik choralari esa kuchaytirilgan.

 

Maʼlumot uchun, Kay Tramp — Donald Trampning o‘g‘li Donald Tramp Jr.ning qizi hisoblanadi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Trampning nabirasiga “kuyov” keldi | Zamon.uz