Jahon

Tramp va Ilon Mask o’rtasiga sovuqchilik tushdi

Ular o’rtasidagi ziddiyat keskinlashmoqda.

Tramp va Ilon Mask o’rtasiga sovuqchilik tushdi

 

AQSH Prezidenti Donald Tramp va milliarder Ilon Mask o‘rtasidagi kelishmovchilik nihoyat ochiqchasiga portladi. Ularning bir vaqtlar manfaat asosida qurilgan ittifoqi endi shaxsiy hujumlar va og‘ir ayblovlar bilan almashtirildi. Bu mojaro Tramp Germaniya kansleri bilan uchrashuvi chog‘ida Maskning Tramp taklif qilgan qonun loyihasini tanqid qilgani ortidan boshlangan.

 

Boshlanishida Tramp yumshoqroq munosabat bildirgan: “U meni emas, qonunni tanqid qilgan. Bu menga yoqdi”, degan edi. Ammo uchrashuv oxiriga kelib, Tramp va Mask o‘zaro so‘z jangiga kirishib ketgan. Mask “X” platformasida tez-tez yozib, Trampga bevosita va shaxsiy hujumlar qila boshlagan. Tramp esa bunga “Truth Social” orqali javob bergan.

 

Mask mojaro chog‘ida juda og‘ir ayblov bilan chiqdi – u Trampni mashhur moliyachi va jinsiy jinoyatlar uchun hibsga olingan Jeffrey Epstein bilan bog‘ladi. “@realDonaldTrump Epstein hujjatlarida bor. Shu sababli ular e’lon qilinmayapti,” deb yozdi Mask. U postini: “Kelajak uchun belgilab qo‘ying. Haqiqat ochiladi”, degan so‘zlar bilan yakunladi.

 

Mask qanday qilib ushbu ma’lumotlarga ega bo‘lganini tushuntirmagan. Shuningdek, biror ismning Epstein hujjatlarida borligi, u odam jinoyatda ayblanayotganini anglatmaydi. Oq uy bu ayblovni “achinarli voqea” deb baholadi.

 

Saylovdagi g‘alaba: Kim kimga bog‘liq edi?

 

Tramp o‘zining saylovdagi g‘alabasini doimo faxr bilan eslab keladi. Mask esa bu borada: “Agar men bo‘lmaganimda, Tramp saylovda yutqazgan bo‘lardi. Demokratlar Vakillar Palatasini, Senatda esa 51-49 ustunlikni qo‘lga kiritgan bo‘lardi”, deb yozdi. So‘ngra esa: “Bunday noshukrlik,” deb tanbeh berdi.

 

Bu Tramp uchun eng nozik mavzulardan biri. U har doim o‘z yutug‘ini buyuk deb ataydi va uni shaxsiy muvaffaqiyati deb biladi. Mask esa bu pozitsiyani shubha ostiga oldi.

 

Tramp: Mask aslida shaxsiy manfaatini o‘ylayapti

 

Trampning fikricha, Maskning qonunga bo‘lgan qarshiligi uning Tesla kompaniyasining manfaatlariga bog‘liq. Tramp EV (elektr transport vositalari) subsidiyalarining qisqartirilgani Maskni g‘azablantirganini aytdi. Mask esa bunga javoban: “Imtiyozlarni qisqartiring, muammo emas. Ammo qonundagi keraksiz moliyaviy chiqimlarni olib tashlang,” dedi.

 

Mask ilgari ham EV subsidiyalariga qarshi chiqqanini eslatdi. U hatto Trampning o‘zi ham ilgari “Mask mendan hech narsa so‘ramagan,” degan videoni joylashtirdi.

 

Tramp: Mask qarshilik bildirmagan edi

 

Trampning aytishicha, Mask qonun loyihasini yaxshi bilgan va unga hech qanday norozilik bildirmagan. “U hammasini bilardi. Undan keyin birdaniga norozilik qila boshladi,” dedi Tramp. Mask esa buni inkor qilib, qonun kechasi yashirincha qabul qilinganini va o‘zi uni ko‘rmaganini aytdi.

 

Mask: “Menda hali 40 yil, Tramp esa atigi 3,5 yil bor”

 

Mask siyosatchilarga “X” platformasida ochiqcha tahdid qildi. “Trampning bor-yo‘g‘i 3,5 yili bor, lekin men 40+ yil”, deb yozdi u. Ya’ni, Mask uzoq muddatli ta’sirga ega ekanini eslatib, qonun chiqaruvchilardan ehtiyotkorlikni talab qildi.

 

Tramp: “Maskning davlat shartnomalarini bekor qilaylik”

 

Tramp keyinchalik “Truth Social”da Maskning barcha hukumat shartnomalarini bekor qilishni taklif qildi. Bu esa NASA va boshqa muhim dasturlar taqdiri bilan bog‘liq. Bir foydalanuvchi ISS (Xalqaro fazo stansiyasi) taqdiri xavf ostida qolishini aytgach, Mask bu postni “X”da baham ko‘rib, “Qiling, hayotimdagi eng yaxshi kun bo‘ladi,” deb javob qaytardi.

 

U hatto muhim kosmik loyihalardan birini bekor qilishni boshlashini e’lon qildi.

Laylo Hikmatullayeva tayyorladi

custom img

Putin Ukraina bilan muzokaralarga tayyorligini ma’lum qildi

Kreml muzokaralar uchun ilgari surilgan talablar o‘z kuchida qolayotganini bildirgan.

custom img

Isroil G‘azodagi bolalarga nisbatan genotsid sodir etgan — BMT Komissiyasi

Hisobotga ko‘ra, G‘azodagi bolalar Isroil tomonidan atayin nishonga olinib, o‘ldirilgan.

custom img

Fransiyada jaziramadan saqlanishga uringan 40 kishi cho‘kib halok bo‘ldi

Issiqdan qochishga uringan fuqarolarning nazoratsiz suv havzalarida cho‘milgani fojiaga sabab bo‘lgan.

custom img

“Biz qaramlikdan xalos bo‘lishimiz kerak” — Netanyaxu

Bosh vazir Isroil o‘zining mustaqil qurol ishlab chiqarish tizimini yaratishi kerakligini ta’kidladi.

custom img

AQSh Eron neftiga nisbatan sanksiyalarni 60 kunga bekor qildi

AQSh moliya vaziri Skott Bessent Tehron Hormuz bo‘g‘ozida erkin tranzitni ta’minlashga va’da berganini bildirdi.

custom img

Endi firibgarlik va talon-toroj uchun zarar qoplanmasa, shartli ozodlik qo‘llanilmaydi

O‘zbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlarning aniq ro‘yxati tasdiqlandi.

custom img

AQSh Milliy razvedka tizimida ommaviy ishdan bo‘shatishlar boshlandi

Oq uy mazkur qaror Donald Trampning davlat idoralarini optimallashtirish siyosati bilan bog‘liqligini bildirdi.

custom img

Rossiyada deputat bolalarni 5-sinfdan harbiy tayyorgarlikka jalb etishni taklif etdi

U mamlakat NATO bilan ehtimoliy qarama-qarshilikka hozirdanoq tayyorlanishi kerakligini ta’kidlagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"