Jahon

Hindistonda dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ishga tushdi

Uning qurilishi 22 yil davomida amalga oshirilgan.

Hindistonda dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ishga tushdi

Hindistonning Kashmir vodiysini mamlakatning boshqa hududlari bilan bog‘lovchi dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi rasmiy ravishda ochildi. Bu haqda Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 6-iyun kuni o‘zining X (Twitter) sahifasida e’lon qildi. Unga ko‘ra, mazkur loyiha nafaqat muhandislik yutug‘i, balki mintaqaviy aloqalarni kuchaytiruvchi muhim infratuzilma hisoblanadi.

 

Chenob daryosi ustidan qurilgan ko‘prik dengiz sathidan 359 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, uzunligi 1,3 kilometrdan ortadi. Qurilish 2003-yilda boshlangan va unga 160 million dollar sarflangan. Ko‘prik -10 darajadan +40 darajagacha bo‘lgan haroratga chidamli maxsus po‘lat materiallar yordamida barpo etilgan. 6-iyun kuni ko‘prikdan ilk bor ikkita yo‘lovchi poyezdi o‘tdi.

 

Mazkur inshoot 272 kilometrlik Udxampur—Srinagar—Baramulla (USBRL) temiryo‘l liniyasining bir qismi hisoblanib, Jammu va Kashmirning chekka hududlarini Hindistonning markaziy qismi bilan bog‘laydi. Ko‘prikning ochilishi bilan mintaqada savdo, turizm va iqtisodiy faollikni oshirish kutilmoqda.

custom img

Vladimir Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan taqdirladi

Mukofot unga inson hayoti va erkinligini himoya qilish hamda Ukraina va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun berildi.

custom img

Eron BMT Xavfsizlik kengashidan AQSHning bir tomonlama choralarini qoralashni so‘radi

Tehron Vashingtonning iqtisodiy va harbiy bosimini xalqaro huquqqa zid deb baholab, bu choralar xalqaro miqyosda xavfli pretsedent yaratishi mumkinligidan ogohlantirgan.

custom img

Pokistonda tug‘ruqxonadagi yong‘inda 14 chaqaloq halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga bo‘lim ichidagi konditsioner kompressorining portlashi sabab bo‘lgan.

custom img

AQSh immigratsion viza arizalarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi

Davlat departamenti bu chorani global o‘quv tadbiri bilan izohladi.

custom img

Pokiston Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarda sezilarli siljish bo‘lganini bildirdi

Tehronda o‘tkazilgan muzokaralarda mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik, Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va urushni yakunlash masalalari muhokama qilindi.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"