Jahon

Mask endi amerikaliklarning maxfiy ma’lumotlarini ko‘rishi mumkin

AQSh Oliy sudi Maskga fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlariga kirishga ruxsat berdi.

Mask endi amerikaliklarning maxfiy ma’lumotlarini ko‘rishi mumkin

AQSh Oliy sudi Ilon Mask asos solgan Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE)ga millionlab fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlariga kirishga ruxsat berdi. Ushbu qaror konservativ sudyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, liberal sudyalar esa fuqarolar xavfsizligiga tahdid mavjudligini ta’kidlab qarshi chiqdi.

 

DOGE ruxsat olgan ma’lumotlar ichida ijtimoiy sug‘urta raqamlari, bank hisoblari, yashash manzillari, pensiya va sog‘liq bilan bog‘liq maxfiy hujjatlar mavjud. Quyi sudda bu vakolatlar keskin tanqid qilingan bo‘lsa-da, Oliy sud e’tirozlarni rad etdi.

 

Donald Tramp tomonidan tashkil etilgan DOGE davlat xarajatlarini qisqartirishni maqsad qilgan maxsus agentlik bo‘lib, hozirda bevosita federal hukumatga bo‘ysunadi. Mask bu loyihani boshlab bergan, biroq hozir e’tiborini Tesla va boshqa xususiy loyihalarga qaratgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Mask endi amerikaliklarning maxfiy ma’lumotlarini ko‘rishi mumkin | Zamon.uz