Yaponiyada arzon guruch uchun navbatlar yuzaga keldi
Guruch narxi bir yil ichida ikki baravar oshgan.

Yaponiyada hosilning kamayishi natijasida guruch tanqisligi yuzaga keldi. Bu esa mahsulot narxining keskin — ikki baravar oshishiga sabab bo‘ldi. Natijada aholining ko‘plab vakillari arzon guruch sotiladigan do‘konlar oldida soatlab navbatlarda turishga majbur bo‘lmoqda.
Mutaxassislar buni iqlim o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligidagi muammolar bilan bog‘lamoqda. Mamlakatda guruch asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri sanaladi, shuning uchun uning narxi bevosita aholining kundalik turmushiga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Yaponiya hukumati vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida guruch importi uchun belgilangan bojxona cheklovlarini yumshatish choralarini ko‘rmoqda. Xususan, yillik 100 tonnalik import limiti oshirilishi rejalashtirilmoqda.







