Jahon

Afg‘oniston suv inqiroziga yuz tutmoqda

Kobul suv tanqisligidan aziyat chekayotgan dunyodagi birinchi zamonaviy shahar bo‘lishi mumkin.

Afg‘oniston suv inqiroziga yuz tutmoqda

 

Afg‘oniston poytaxti Kobul jadal urbanizatsiya va iqlim o‘zgarishi oqibatida ichimlik suvi tanqisligi bo‘yicha jiddiy inqiroz yoqasiga kelib qoldi. Ma'lum qilinishicha, Kobul yaqin orada suv zaxiralari tugaydigan ilk zamonaviy shahar bo‘lishi mumkin.

 

So‘nggi o‘n yil ichida shaharning yerosti suvlari sathi 30 metrga pasaygan. Bu holat Kobuldagi quduqlarning yarmidan ko‘pining qurib qolishiga olib kelgan. Shahar aholisi soni 7 milliondan oshgan bir paytda suv ta'minotidagi bu kabi muammolar jiddiy ekologik va gumanitar xavf tug‘dirmoqda.

 

Tadqiqotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda suv olinadigan hajm yerosti suvlarining tabiiy yo‘l bilan to‘ldirilish sur’atidan ancha yuqori. Mercy Corps tashkilotining Afg‘oniston bo‘limi rahbari Deyn Karri bu inqirozga zudlik bilan xalqaro e’tibor qaratilishini ta’kidlab, aks holda Afg‘onistonda migratsiya kuchayishi va aholining hayoti yanada og‘irlashishini aytgan.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Afg‘oniston suv inqiroziga yuz tutmoqda | Zamon.uz