AQSHda yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi
Bortda taxminan 20 ta yo‘lovchi bo‘lgan.

AQSHning Tennessi shtatida yo‘lovchi samolyoti ishtirokida halokat sodir bo‘ldi. Bu haqda CNN shtat yo‘l-patrul xizmati maʼlumotlariga tayanib xabar berdi.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, bortda 16 dan 20 kishigacha yo‘lovchi bo‘lgan. Jabrlanganlarning bir qismi vertolyotlar yordamida eng yaqin tibbiy muassasalarga yetkazilgan, qolganlariga esa voqea joyida birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Halokatga uchragan samolyot parashyutda sakrash uchun mo‘ljallangan bo‘lgan.
Hozircha hodisaning aniq tafsilotlari va jabrlanganlarning soni aniqlashtirilmoqda. Qutqaruv xizmatlari voqea joyida ish olib bormoqda.







