Jahon

Isroil G‘azoga ketayotgan kemani to‘xtatib qoldi

Kemada shvetsiyalik faol Greta Tunberg ham bo'lgan.

Isroil G‘azoga ketayotgan kemani to‘xtatib qoldi

Isroil harbiy-dengiz kuchlari shvetsiyalik faol Greta Tunberg ishtirokida bo‘lgan “Madlin” kemasini G‘azo sektoriga yo‘l olgan paytda to‘xtatib, Isroil qirg‘oqlariga yubordi. Bu haqida mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

 

Bayonotga ko‘ra, kemadagi faollar va gumanitar yukga zarar yetkazilmagan holda ushlangan. Yo‘lovchilar deportatsiya qilinishi kutilmoqda, yordam esa rasmiy kanallar orqali G‘azoga jo‘natiladi.

 

Mazkur harakat Isroilning dengiz blokadasini buzishga qarshi qat’iy siyosati doirasida amalga oshirildi. “Ozodlik flotiliyasi” koalitsiyasi kema xalqaro hujumga uchraganini bildirgan.

custom img

Shveysariya sudi Gulnora Karimovaga oid ishni to‘xtatdi

Sud ishi bo'yicha Lombard Odier banki jarimaga tortildi, sobiq xodimga esa ikki yillik shartli qamoq jazosi tayinlandi.

custom img

Sobiq isroillik harbiylar Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga chaqirdi

Netanyaxuning AQSHga tashrifi arafasida Isroilning sobiq harbiy va razvedka rahbarlari Trampni G‘arbiy sohildagi zo‘ravonliklarni to‘xtatish, qonun ustuvorligini tiklash va aybdorlarni javobgarlikka tortishga undashni so‘ragan.

custom img

AQSh harbiylari Trampni raketa zaxiralari kamaygani haqida ogohlantirdi — AP

Strategik o‘q-dorilar zaxirasining kamayishi AQShning harbiy imkoniyatlariga ta’sir qilishi mumkin.

custom img

Tojikistonda hijob, soqol va arabcha kiyimlarga cheklov kuchaytirildi

Mahalliy hokimiyat ayollarni an’anaviy tojik milliy liboslarini kiyishga chaqirmoqda.

custom img

Rossiya va Shimoliy Koreya yangi strategik yo‘lakni yakunlamoqda

Ayrim tahlilchilar ko‘prik harbiy yuklarni tashish uchun muhim yo‘lakka aylanishi mumkinligini bildirmoqda.

custom img

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti yana 18 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi

Umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan Yun Sok Yol saylov qonunchiligini buzganlik bo‘yicha ham aybdor deb topildi.

custom img

Isroil Suriyaning janubida tahdidli varaqalar tarqatdi

Varaqalarda Isroil armiyasiga qarshi har qanday harakatni to‘xtatish talabi ilgari surilgan.

custom img

Isroil AQSh yordamisiz omon qololmaydi — Tramp

Amerika prezidenti, avvalo, Eron atrofidagi vaziyatni nazarda tutganini ta'kidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"